13-modda
Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida · Sana: 14.11.2005 · Amalda
Tomonlar muntazam ravishda ikki tomonlama masalalar boʻyicha, va shuningdek bir-birini qiziqtiradigan koʻp tomonlama muammolar boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazadilar. Zarur hollarda ular kelishilgan harakatlarni amalga oshirish uchun oʻz pozitsiyalarini muvofiqlashtiradilar.
Ikki tomonlama maslahatlashuvlar turli darajalarda, shu jumladan ikki davlatning davlatlar, parlamentlar, hukumatlar, xavfsizlik kengashlari, tashqi siyosat, mudofaa, huquqni muhofaza qilish va boshqa vazirlik va idoralar rahbarlari darajasida oʻtkaziladi.
Tomonlar zaruriyatga qarab oʻzlari aʼzo boʻlgan xalqaro tashkilotlardagi faoliyatini va pozitsiyalarini oʻzaro muvofiqlashtiradilar. Ular Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo boʻlgan boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor beradilar.
