11-modda
Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida · Sana: 14.11.2005 · Amalda
Tomonlar ilmiy-texnika, energetika, moliya, investitsiya, bank, aviasozlik, kommunikatsiya sohalarida, yadro energetikasida, axborot texnologiyalari sohasida, bir-birini qiziqtiradigan boshqa sohalarda teng huquqli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni taʼminlaydilar va milliy qonun hujjatlariga muvofiq buning uchun zarur qulay sharoitlar yaratib beradilar.
Tomonlar bunday hamkorlikning aniq yoʻnalishlari boʻyicha shartnomalar tuzadilar.
