8-modda. Maxsus vakolatli organ
Pochta aloqasi toʻgʻrisida (118-II-son) · Sana: 31.08.2000 · Amalda
Maxsus vakolatli organ:
pochta aloqasini rivojlantirish milliy dasturlarini amalga oshiradi;
umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini (bundan buyon — pochta qoidalari deb yuritiladi) tasdiqlaydi;
universal xizmatlar tarifini tartibga soladi;
pochta aloqasining texnik vositalarini belgilangan talablarga muvofiqligiga doir sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi;
davlat pochta toʻlov belgilarining namunalarini tasdiqlaydi va ularni nashr etish, muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish tartibini belgilaydi;
operatorlar va provayderlar uchun majburiy boʻlgan pochta indekslarini, yozma xat-xabarlarning olib ketish davriyligi normativlarini, shuningdek, pochta joʻnatmalari oʻtishining nazorat muddatlarini tasdiqlaydi;
pochta aloqasi tarmoqlari va xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek, pochta va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha operator va provayderlarning faoliyatini muvofiqlashtirib turadi;
koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qiladi, foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar masalalarini qarab chiqadi;
kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
