6-modda. Pochta aloqasi turlari
Pochta aloqasi toʻgʻrisida (118-II-son) · Sana: 31.08.2000 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasida pochta aloqasi umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi va maxsus moʻljallangan pochta aloqasiga boʻlinadi.
Umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi operator va provayderlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida pochta aloqasi faoliyatining yagona prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Maxsus moʻljallangan pochta aloqasi quyidagilarga boʻlinadi:
pochta aloqasi sohasida maxsus vakolatli organning maxsus aloqasi;
davlat feldyegerlik aloqasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining feldyegerlik-pochta aloqasi.
Maxsus moʻljallangan pochta aloqasining faoliyati qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
