14-modda. Operator va provayderlarning majburiyatlari
Pochta aloqasi toʻgʻrisida (118-II-son) · Sana: 31.08.2000 · Amalda
Operator va provayderlar quyidagilarga majburdir:
pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni pochta qoidalariga muvofiq amalga oshirish;
foydalanuvchilarning pochta aloqasi xizmatlaridan erkin foydalana olishini taʼminlash;
pochta aloqasi koʻrsatayotgan xizmatlar sifatli boʻlishini taʼminlash;
pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarining butligini taʼminlash;
pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan texnologik uskunalar, mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va axborotlashtirish vositalariga ega boʻlish;
foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartlari va tartibi toʻgʻrisidagi, shuningdek pochta aloqasi xizmatlari tariflarining oʻzgarganligi haqidagi axborotni taqdim etish;
pochta aloqasi xizmatlarining bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarni qonun hujjatlariga muvofiq qoplash.
Operator va provayderlar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
