12-modda. Operator va provayderlarning huquqlari
Pochta aloqasi toʻgʻrisida (118-II-son) · Sana: 31.08.2000 · Amalda
Operator va provayderlar quyidagi huquqlarga ega:
foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini va shartnoma asosidagi boshqa xizmatlarni koʻrsatish;
foydalanuvchi pochta qoidalarida belgilangan talablarni buzgan taqdirda unga pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatishni toʻxtatib qoʻyish;
xalqaro pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatganlik uchun chet el mamlakatlarining pochta maʼmurlari va operatorlari bilan oʻzaro hisob-kitoblarni yuritish;
oʻz belgisiga ega boʻlish va undan qonun hujjatlariga muvofiq oʻz faoliyatida foydalanish.
Operatorlar va provayderlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
