“Quyimozor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasini OPEKning Xalqaro rivojlanish jamgʻarmasi ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-782-son)
17.01.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Buxoro viloyatining sugʻoriladigan yerlarida qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishni taʼminlash, shuningdek, OPEKning Xalqaro rivojlanish jamgʻarmasi bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
2007-yil 20-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi bilan OPEKning Xalqaro rivojlanish jamgʻarmasi oʻrtasida “Quyimozor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasini moliyalashtarish uchun 5 yillik imtiyozli davrni ham hisobga olganda 20 yil muddatda toʻlash sharti bilan 12,0 mln. AQSH dollari miqdorida qarz Bitimi imzolandi;
mazkur loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ekvivalenti 6,48 mln. dollarni, shu jumladan, markazlashtirilgan kapital mablagʻlar tarzida 3,54 mln. dollar hamda qarzga xizmat koʻrsatish boʻyicha foizlar, vositachilik haqi sifatida 2,94 mln. dollarni tashkil etadi;
loyihani amalga oshirish davri — toʻrt yil (2008 — 2011-yillar).
2. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi mablagʻlarni maqsadli sarflash hamda loyihani samarali amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
asosiy qarzni uzish, foizlar, vositachilik haqi va qarzga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
3. Quyidagilar:
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan 1-ilovaga muvofiq;
loyihani amalga oshirish uchun investitsiyalar jadvali 2-ilovaga muvofiq;
OPEKning Xalqaro rivojlanish jamgʻarmasi qarzini uzish, loyiha boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash jadvali 3-ilovaga muvofiq;
loyihani amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri hamda Buxoro viloyati hokimi zimmasiga loyihaning barcha zarur tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash, shuningdek, OPEKning Xalqaro rivojlanish jamgʻarmasi tartib-qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobot hamda hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishi va taqdim etilishini tashkil qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan OPEKning Xalqaro rivojlanish jamgʻarmasi oʻrtasidagi Qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa taqdim etsin.
5. Loyihani amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (R. Azimov):
loyiha yechimlarini tatbiq etishni jadallashtirish boʻyicha aniq tadbirlarni ishlab chiqqan holda, ajratiladigan mablagʻlarni samarali oʻzlashtirish ustidan qattiq nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin;
loyihaning samaradorligi va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash uchun uning qanday amalga oshirilayotganini muntazam koʻrib borsin;
mazkur loyiha doirasida nasos stansiyasi qurilishiga uskunalarni olib kelish va ishlarni bajarish tadbirlarini amalga oshirish uchun tender komissiyasi tarkibini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda Buxoro shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan shtat jadvalini hamda moliyalashtirish smetasini kelishib olgan holda loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etib, uning zimmasiga loyihani amalga oshirish doirasida muvofiqlashtirish va boshqarish vazifalari yuklatilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2009-yildan boshlab har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda mazkur loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining hissasini moliyalashtirish uchun davlat budjeti mablagʻlar hisobidan markazlashtirilgan kapital mablagʻlar limitlarini nazarda tutsin.
8. Loyihani amalga oshirish davrida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan import texnologik uskunalar, shu jumladan ehtiyot qismlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalarini konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga vaqtincha roʻyxatda turish va zarur hollarda uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
11. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 17-yanvar,
PQ-782-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 17-yanvardagi PQ-782-son qaroriga 1-ILOVA
“Quyimozor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasining
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY PARAMETRLARI
T/r Koʻrsatkichning nomlanishi Oʻlchov birligi Jami* shu jumladan quyidagi mablagʻlar hisobidan: Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti OPEK jamgʻarmasi qarzi 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSH dollari 18476 6476 12000 shu jumladan: 1.1. Xorijiy valyutadagi xarajatlar*, jami ming AQSH dollari 13907 3507 10400 shundan: ming AQSH dollari uskuna va jihozlar 6631 6631 ehtiyot qismlar 532 532 ishga tushirish va oʻqitish 331 – 331 uskuna tashish 66 – 66 loyihani boshqarish va konsalting xizmatlari 1000 – 1000 yuklashdan oldingi inspeksiyadan oʻtkazish xarajatlari 21 21 – moliyaviy xarajatlar (qarzga xizmat koʻrsatish boʻyicha foizlar va vositachilik haqi) 2936 2936 – koʻzda tutilmagan xarajatlar, jami 2390 550 1840 shundan: ming AQSH dollari jismoniy 910 210 700 narx boʻyicha 1480 340 1 140 1.2. Milliy valyutadagi xarajatlar, hammasi ming AQSH dollari (ekv.) 4569 2969 1600 shundan: ming AQSH dollari qurilish-montaj ishlari 4090 2490 1600 shu jumladan ichki yuk tashuvlar 4 4 – boshqa xarajatlar 450 450 – bojxona deklaratsiyasi va rasmiylashtirish 29 29 – 2. Tashkil etiladigan asosiy fondlar qiymati ming AQSH dollari (ekv.) 15008 3. Korxona quvvati: sugʻoriladigan maydon ming gektar 29 yilda tortiladigan suv hajmi mln. kub.m 744,6 ishlab chiqariladigan mahsulotning hajmi, shundan: paxta xomashyosi ming t 43,1 bugʻdoy ming t 44,0 4. Band boʻladiganlarning taxminiy soni ming kishi 15 5. Loyiha qoplanishining hisob-kitob qilingan muddati yil 4,2 6. Investitsiya davrining davomiyligi oy 36 7. Qarzni qaytarish muddati yil 20 shu jumladan valyutada yil 20
*Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari oʻtkazilgan tender (tanlov), qurilish ishlarining batafsil loyihalash natijalari boʻyicha hamda qarz mablagʻlarining haqiqiy oʻzlashtirilish summasi va sanasidan kelib chiqib belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 17-yanvardagi PQ-782-son qaroriga 2-ILOVA
“Quyimozor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasini amalga oshirish uchun yillar boʻyicha investitsiyalar
JADVALI
Nomlanishi 2008-yil 2009-yil 2010-yil 2011-yil 2008-2009-yillar uchun jami OPEK jamgʻarmasi qarzi Oʻzbekiston Respublikasi hissasi Jami OPEK jamgʻarmasi qarzi Oʻzbekiston Respublikasi hissasi Jami OPEK jamgʻarmasi qarzi Oʻzbekiston Respublikasi hissasi Jami OPEK jamgʻarmasi qarzi Oʻzbekiston Respublikasi hissasi Jami OPEK jamgʻarmasi qarzi Oʻzbekiston Respublikasi hissasi Jami 1-komponent Uskuna va qurilish ishlari, jami - - - 4500 1540 6040 5300 1700 7000 1200 300 1500 11000 3540 14540 shu jumladan: uskuna - - 2540 - 2540 4180 - 4180 840 - 840 7560 - 7560 qurilish- montaj ishlari - - - 1200 1080 2280 230 1210 1440 170 200 370 1600 2490 4090 boshqa xarajatlar - - - - 220 220 - 230 230 - 50 50 - 500 500 koʻzda tutilmagan xarajatlar 760 240 1000 890 260 1150 190 50 240 1840 550 2390 jismoniy 290 90 380 340 100 440 70 20 90 700 210 910 narx boʻyicha 470 150 620 550 160 710 120 30 150 1140 340 1480 2-komponent Loyihani boshqarish va konsalting xizmatlari 270 - 270 460 - 460 190 - 190 80 - 80 1000 - 1000 Investitsiyalar jami 270 - 270 4960 1540 6500 5490 1700 7190 1280 300 1580 12000 3540 15540
Izoh. Bundan tashqari loyihaning umumiy qiymatiga 2935,6 ming AQSH dollari miqdorida moliyaviy chiqimlar (qarzga xizmat koʻrsatish boʻyicha foizlar va vositachilik haqi) kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 17-yanvardagi PQ-782-son qaroriga 3-ILOVA
OPEK jamgʻarmasi qarzini uzish, “Quyimozor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasi boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash
JADVALI*
Qarz summasi 12 mln AQSH dollari Qarzni soʻndirish muddati 20 yil Imtiyozli davr 5 yil Foiz stavkasi yillik 1,25 foiz Xizmatlar uchun vositachilik haqi yillik 1,00 foiz (ming AQSH dollari) Toʻlov sanasi Asosiy qarz boʻyicha toʻlov summasi Foizlar boʻyicha toʻlov summasi* Xizmatlar uchun komissiya* Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa 2008-yil 15-dekabr 0,0 2009-yil 15-iyun 1,7 1,4 3,1 2009-yil 15-dekabr 17,2 13,8 31,0 2010-yil 15-iyun 32,7 26,1 58,8 2010-yil 15-dekabr 49,8 39,9 89,7 2011-yil 15-iyun 67,0 53,6 120,6 2011-yil 15-dekabr 75,0 60,0 135,0 2012-yil 15-iyun 75,0 60,0 135,0 2012-yil 15-dekabr 75,0 60,0 135,0 2013-yil 15-iyun 75,0 60,0 135,0 2013-yil 15-dekabr 400,0 75,0 60,0 535,0 2014-yil 15-iyun 400,0 72,5 58,0 530,5 2014-yil 15-dekabr 400,0 70,0 56,0 526,0 2015-yil 15-iyun 400,0 67,5 54,0 521,5 2015-yil 15-dekabr 400,0 65,0 52,0 517,0 2016-yil 15-iyun 400,0 62,5 50,0 512,5 2016-yil 15-dekabr 400,0 60,0 48,0 508,0 2017-yil 15-iyun 400,0 57,5 46,0 503,5 2017-yil 15-dekabr 400,0 55,0 44,0 499,0 2018-yil 15-iyun 400,0 52,5 42,0 494,5 2018-yil 15-dekabr 400,0 50,0 40,0 490,0 2019-yil 15-iyun 400,0 47,5 38,0 485,5 2019-yil 15-dekabr 400,0 45,0 36,0 481,0 2020-yil 15-iyun 400,0 42,5 34,0 476,5 2020-yil 15-dekabr 400,0 40,0 32,0 472,0 2021-yil 15-iyun 400,0 37,5 30,0 467,5 2021-yil 15-dekabr 400,0 35,0 28,0 463,0 2022-yil 15-iyun 400,0 32,5 26,0 458,5 2022-yil 15-dekabr 400,0 30,0 24,0 454,0 2023-yil 15-iyun 400,0 27,5 22,0 449,5 2023-yil 15-dekabr 400,0 25,0 20,0 445,0 2024-yil 15-iyun 400,0 22,5 18,0 440,5 2024-yil 15-dekabr 400,0 20,0 16,0 436,0 2025-yil 15-iyun 400,0 17,5 14,0 431,5 2025-yil 15-dekabr 400,0 15,0 12,0 427,0 2026-yil 15-iyun 400,0 12,5 10,0 422,5 2026-yil 15-dekabr 400,0 10,0 8,0 418,0 2027-yil 15-iyun 400,0 7,5 6,0 413,5 2027-yil 15-dekabr 400,0 5,0 4,0 409,0 2028-yil 15-iyun 400,0 2,5 2,0 404,5 Jami 12000,0 1630,9 1304,8 14935,6
*Foizlar boʻyicha toʻlov va xizmatlar uchun komissiyalar miqdori mablagʻlarning haqiqiy summasi va oʻzlashtirish sanasidan kelib chiqib aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 17-yanvardagi PQ-782-son qaroriga 4-ILOVA
“Quyimozor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash
TARKIBI
R.S. Azimov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi U.I. Barnoyev — qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari A.X. Salimov — iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari A.A. Abduazizov — Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi B.B. Alixanov — Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi Sh.R. Xamrayev — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Yo.E. Tursunov — moliya vaziri oʻrinbosari O.X. Jurayev — tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri oʻrinbosari M.A. Askarov — Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri oʻrinbosari R.A. Mamutov — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari ATD yetakchi mutaxassisi Lavozimi boʻyicha — “Quyimozor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasini boshqarish guruhi rahbari, kengashning masʼul kotibi
Izoh. Muvofiqlashtiruvchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
