Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalarining doimiy harakatdagi markaziy ekspert komissiyasi (mek)si toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (898-1-son)
23.04.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI “OʻZARXIV” AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 23-aprelda 898-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 3-fevraldagi 49-sonli qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalarining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiyasi (MEK) toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning (2000-yil 21-fevral, roʻyxat raqami 898 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi 2004-y., 4-son) 1.4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1.4 MEK oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi.”.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
“Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktori A. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-aprel,
8-son
