Aviakerosin yoqilgʻisi uchun qatʼiy miqdorda belgilangan aksiz soligʻi stavkasini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida (1796-son)
21.04.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 21-aprelda 1796-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 52-son, 534-modda) 12-1-sonli ilovasiga asosan buyuraman:
1. Aviakerosin yoqilgʻisi uchun belgilangan aksiz soligʻi stavkasi qayta koʻrib chiqilib, 25 250 soʻm/tonnaga miqdorida belgilansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 17-aprel,
38-son
