Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida (620-XII-son)
02.07.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etgan, 1992-yil 15-mayda Toshkent shahrida imzolangan kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
620-XII-son
