Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi davlatlararo munosabatlarning asoslari, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida (618-XII-son)
02.07.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etgan, 1992-yil 30-mayda Moskva shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi davlatlararo munosabatlarning asoslari, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
618-XII-son
