Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (834-17-son)
16.04.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-aprelda 834-17-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 90-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1998-y., № 2, 36-modda), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 27-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-823-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 1999-yil 24-sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga (1999-yil 3-noyabr, roʻyxat raqami 834 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 12-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 3-aprel,
01-02/8-29-son
