Oʻzbekistonda tez tibbiy yordam xizmatining transport tizimini takomillashtirish boʻyicha loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida
28.12.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN KOREYA RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDA
Kelishuv
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi 1992-yilning 17-iyunida imzolangan “Ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida”gi Bitimning 3-moddasiga muvofiq,
Texnik yordamga yoʻnaltirilgan loyihalarning samaradorligi va tizimliligini taʼminlash yoʻli bilan ikki mamlakat oʻrtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1. “Oʻzbekistonda tez tibbiy yordam xizmatining transport tizimini takomillashtirish” boʻyicha loyihani (bundan keyin — “Loyiha”) amalga oshirish maqsadida, Koreya Respublikasi Hukumati Koreya Respublikasining tegishli qonunlari va qoidalariga asosan, hamda budjet cheklovlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga 2,5 mln. AQSh doll. miqdorida begʻaraz yordam taqdim etmoqda (bundan keyin — “Grant”).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Grantdan faqat Oʻzbekistonda tez tibbiy yordam xizmatining transport tizimini takomillashtirish maqsadida foydalanadi.
3. Koreya Respublikasi Hukumati loyihani amalga oshirish boʻyicha lozim boʻlgan ishlarni bajarishga masʼul tashkilot sifatida Koreya xalqaro hamkorlik uyushmasini (bundan keyin — “KOYKA”) tayinlaydi. KOYKA, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda, loyihani amalga oshirishning barcha holatlari boʻyicha qoʻshma Bayonnomani tayyorlaydilar va imzolaydilar.
4. (1) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati quyidagi zarur chora-tadbirlarni koʻradi:
a) mazkur Grant doirasida yetkazib beriladigan tez tibbiy yordam avtotransport vositalarini oʻz vaqtida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi ichida transport orqali tashuvini taʼminlash;
(b) Koreya Respublikasi Hukumatining Granti hisobidan taqdim etiladigan tez tibbiy yordam avtotransport vositalar va xizmatlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan bojxona bojlari, ichki soliqlar va boshqa toʻlovlardan ozod etish;
(v) KOYKA bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi Koreya fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasida ularning daromadlari va mol-mulkiga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan bojxona bojlari, ichki soliqlar va boshqa yigʻimlardan ozod etish;
(g) (v) bandda qayd etilgan Koreya fuqarolariga loyiha doirasida KOYKA bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq ishlarni bajarish uchun Oʻzbekistonga kirish va unda boʻlish uchun lozim boʻlgan shart-sharoitlarni yaratib berish;
(d) Grant doirasida loyihani amalga oshirish uchun taqdim qilingan tez tibbiy yordam avtotransport vositalarni tegishli tarzda saqlash va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash; va
(e) loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan va Grant tomonidan qoplanishi koʻzda tutilmagan barcha xarajatlarni qoplash.
(2) Grant doirasida taqdim etilgan tez tibbiy yordam avtotransport vositalar Oʻzbekiston Respublikasidan reeksport qilinishi mumkin emas.
5. Ushbu Kelishuv bilan bogʻliq tugʻiladigan barcha savollar yuzasidan Tomonlar oʻzaro maslahatlashib oladilar.
6. (a) Ushbu Kelishuv imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
(b) Ushbu Kelishuv 2008-yil 31-dekabrgacha kuchga ega boʻladi, agarda Tomonlardan biri kamida 6 oy oldin Kelishuvni toʻxtatish niyati toʻgʻrisida boshqa tomonni yozma ravishda diplomatik kanallar orqali xabardor qilgan taqdirda oʻz kuchini yoʻqotadi.
(v) Ushbu Kelishuvning toʻxtatilishi mazkur Kelishuv boʻyicha bajarilayotgan va Kelishuvning amal qilish muddati tugagunga qadar nihoyasiga yetkazilmagan loyihani tugatilishiga taʼsir qilmaydi.
(g) Ikki tomonning kelishuviga binoan ushbu Kelishuvga diplomatik kanallar orqali Almashuv notalari shaklida tuzatishlarni kiritish mumkin.
Yuqoridagilarni tasdiqlab, oʻz hukumatlari tomonidan tegishli vakolat olgan quyidagi imzo chekuvchilar ushbu Kelishuvni imzoladilar.
Toshkent shahrida 2007-yil 28-dekabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, koreys va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Kelishuv qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar paydo boʻlsa, Tomonlar ingliz tilidagi matnga murojaat qiladilar.
(imzolar)
