“1881-modda. Voyaga yetmagan shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish
Voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-153-son) · Sana: 16.04.2008 · Amalda
Voyaga yetmagan shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish —
eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
5) 245-moddaning birinchi qismi “47” raqamidan keyin “471, 472” raqamlari bilan, “187-moddasining ikkinchi qismi” degan soʻzlardan keyin esa “188, 1881-moddalarida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 246-moddadagi “188” raqami chiqarib tashlansin;
7) 247-moddadagi “47, 188-moddalarida” degan soʻzlar “47-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 248-moddaning:
birinchi qismidagi “188-moddasi (voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga taalluqli ishlar bundan mustasno)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi 1-bandidagi “188” raqami chiqarib tashlansin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda) 149-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Muassasalarning (maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim muassasalari, davolash muassasalari va boshqa muassasalarning), fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari va boshqa fuqarolar bolalar ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlganligidan xabardor boʻlgach, yetti kunlik muddat ichida bu haqda bolalar haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar berishlari shart. Vasiylik va homiylik organi bunday maʼlumotlarni olgan kundan eʼtiboran uch kun ichida bolaning turmush sharoitini tekshirib chiqishi va bunda bolaning ota-ona yoki qarindoshlari qaramogʻidan mahrum boʻlganligi aniqlansa, uni joylashtirish masalasi hal boʻlguniga qadar bolaning huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashi shart.
