“Transyoʻlqurilish” davlat kompaniyasining ijro etuvchi apparati tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida (55-son)
31.03.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 28-fevraldagi PQ-804-son qarorining 3-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Transyoʻlqurilish” davlat kompaniyasining xodimlarning cheklangan umumiy soni 30 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 26 nafar boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 31-mart,
55-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-martdagi 55-son qaroriga ILOVA
“Transyoʻlqurilish” davlat kompaniyasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi
