Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 238-2-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-149-son)
09.04.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 27-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2008-yil 27-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 477-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9-songa ilova; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda) 2382-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) agar talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan boʻlsa, shu jumladan, agar kommunal xizmatlar toʻlovi boʻyicha qarzni undirish haqidagi talab arz qilingan boʻlsa”;
2) quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4) agar hisoblangan, lekin xodimga toʻlanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqidagi talab arz qilingan boʻlsa”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-aprel,
OʻRQ-149-son
