“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida (O‘RQ-148-son)
09.04.2008
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 23-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2008-yil 27-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda) 47-moddasi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Investor bilan davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mablagʻlar va boshqa mol-mulk investitsiya davri mobaynida qarzdorning ilgari yuzaga kelgan qarzini qoplash hisobiga majburiy tartibda undirib olinmaydi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-aprel,
OʻRQ-148-son
