6-modda
Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 19.01.2004 · Amalda
1. Tomonlar yoʻlovchi va yuklarning xalqaro tashuvlariga jalb etilgan tijorat tashuvchilari foydalanayotgan transport vositalari ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatib oʻtilgan jinoiy faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanmasligini taʼminlash maqsadida tegishli choralarni koʻradilar.
2. Har bir Tomon ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatib oʻtilgan jinoyatni sodir etish uchun transport vositalaridan foydalanishning oldini olish maqsadida tijorat tashuvchilari zarur xavfsizlik choralar koʻrishlarini taʼminlaydi.
3. Tomonlar transport vositalari va yuklardan ruxsatsiz foydalanish hamda tegishli xavfsizlik choralarini amalga oshirish maqsadida chegaradan oʻtkazish nuqtalarida va bojxona nazorati amalga oshiriladigan boshqa hududlarda tijorat tashuvchilari va tegishli organlar oʻrtasida hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydilar.
