10-modda
Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 19.01.2004 · Amalda
Ushbu Bitim besh yil amal qiladi va Tomonlardan biri boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki huquqiy protseduralar bajarilganligi toʻgʻrisida xabardor etgan soʻnggi xabarnoma olingan kuni kuchga kiradi.
Ushbu Bitim Tomonlardan biri boshqa Tomonni yozma ravishda va diplomatik kanallar orqali uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida oʻz niyati haqida xabardor qilmagunga qadar, oʻz-oʻzidan xuddi shunday muddatlarga uzayaveradi. Ushbu Bitim boshqa Tomonning xabarnomasi olingandan soʻng olti oy oʻtgach amal qilishni toʻxtatadi.
Al-Quvayt shahrida 2004-yil 19-yanvarda, hijriy 1424 yil 27 zulqidada, ikki nusxada, oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda ingliz tilidagi matn asosiy hisoblanadi.
(imzolar)
