Xalqaro avtomobil aloqasi toʻgʻrisida bitimni qoʻllash haqida
04.11.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Finlandiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
IJRO PROTOKOLI
Xelsinki shahrida 1997 yil 4 noyabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Finlandiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida xalqaro avtomobil aloqasi toʻgʻrisida Bitimni qoʻllashga nisbatan quyidagilar haqida kelishuvga erishildi:
1. Ushbu Bitim maʼnosida vakolatli organlar deganda
quyidagilar tushuniladi:
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan:
a) 2, 3, 5, 8, 18 va 19-moddalar boʻyicha — «Oʻzavtotrans» Oʻzbekiston avtomobil transporti davlat-aksionerlik korporatsiyasi: 700000, Toshkent sh., Amir Temur 1-tor koʻchasi, 6, telefon; 133-61-48, faks: (3712 ) 133-15-25, 133-24-83.
b) 7-modda boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: 700029, Toshkent sh., Yunus Rajabiy, 1, telefon: 133-41-35 va «Oʻzavtoyoʻl» davlat aksionerlik konserni: 700000, Toshkent sh., Pushkin koʻchasi, 68-a, telefon: 139-14-06, 139-45-87, faks: 68-27-11.
Finlandiya Respublikasi tomonidan:
a) 2, 3, 5, 7, 8, 18 va 19-moddalar boʻyicha — Finlandiya transport va aloqa vazirligi: Yetelaesrlanadi, 16, FIN — 00130 Helsinki, Finland;
b) 7-moddasi boʻyicha — Yoʻllar bosh boshqarmasi, yoʻl xizmatlari boʻlimi (Tielaitos/ Tieliikennteen tiepalvelut, PL 33 FIN 00521 Helsinki).
2. Ushbu Bitim maʼnosida quyidagilar tushuniladi:
2.1. «avtotransport vositasi» atamasi ostida:
yuklarni tashishda — yuk avtomobili, tirkamali yuk avtomobili, shatakchi avtomobil yoki yarim tirkamali shatakchi avtomobil;
yoʻlovchilar tashishda — avtobus, yaʼni yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan va haydovchi oʻrnini hisoblamaganda 8 ta oʻrindiqqa ega boʻlgan avtotransport vositasi, shuningdek bagaj tashish uchun tirkama;
2.2. «muntazam tashishlar» atamasi ostida har ikki mamlakat avtotransport vositalari bilan oldindan kelishilgan jadval, yurish marshruti boʻyicha harakatning boshlangʻich va oxirgi manzillarini hamda toʻxtash manzillarini koʻrsatgan holda amalga oshiriladigan tashishlar;
2.3. «nomuntazam tashishlar» atamasi ostida — barcha boshqa tashishlar;
2.4. «tashuvchi» atamasi ostida Ahdlashuvchi Tomonlar ichki qonunlariga muvofiq xalqaro yoʻlovchilar va yuklarni tashishni bajarishga vakolat berilgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs.
3. Ushbu Bitimning 5-moddasi 2-bandini ijro etishda tashishlarni bajarish uchun Ruxsatnomadan u berilgan tashuvchigina foydalanishi mumkinligi koʻzda tutilgan va u boshqa biron kishiga berilishi mumkin emas.
4. Ushbu Bitimning 5-moddasi va 8-moddasining 2-bandini bajarish uchun tashishlarni bajarishga Ruxsatnomalarning quyidagi toifalari belgilanadi:
a) bir Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan manzil bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan manzil oʻrtasida, shuningdek boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududi boʻylab tranzit tarzda;
b) bir Ahdlashuvchi Tomon tashuvchisi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidan uchinchi mamlakatga, shuningdek uchinchi mamlakatdan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga.
Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari noyabr oyigacha yuqorida eslatib oʻtilgan toifalar boʻyicha kelgusi yilga Ruxsatnomalarning zarur miqdorini kelishib oladilar, ularni oʻzaro almashish kelgusi yilning 15 yanvarigacha amalga oshiriladi.
Avvalgi yilda berilgan Ruxsatnomalar kelgusi yilning 1 fevraligacha amal qiladi.
5. Ushbu Bitim qoidalariga muvofiq talab etiladigan ruxsatnoma va boshqa hujjatlar ular tegishli boʻlgan avtotransport vositasida boʻlishi va vakolatli nazorat organlari talabi boʻyicha taqdim etilishi kerak.
6. Ushbu Bitimda koʻzda tutilgan yoʻlovchilar va yuklarni tashishni amalga oshirish bilan bogʻliq amaliy masalalar bevosita Ahdlashuvchi Tomonlarning tashuvchilari oʻrtasida tartibga solinishi mumkin.
Ushbu Ijro protokoli «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Finlandiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida xalqaro avtomobil aloqasi toʻgʻrisida Bitimning ajralmas qismi boʻlib, u bilan bir vaqtda kuchga kiradi.
Xelsinki shahrida 1997 yil 4 noyabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, fin va rus tillarida tuzildi. Barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Ijro protokoli qoidalarini izohlashda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, rus tilidagi matn asos qilib olinadi.
(imzolar)
