4-modda
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha qoʻshma hukumatlararo komissiya tuzish toʻgʻrisida · Sana: 24.05.2007 · Amalda
Komissiya oʻz yigʻilishlarini ish dasturiga muvofiq milliy qismlar raislari oʻrtasida kelishilgan holda yiliga kamida bir marta oʻtkazadi.
Komissiya yigʻilishlari navbati bilan har bir tomon davlati hududida oʻtkaziladi, shu bilan birga yigʻilish qaysi davlat hududida oʻtkaziladigan boʻlsa, oʻsha milliy qism Raisi yigʻilishga raislik qiladi.
Komissiyaning navbatdagi yigʻilishi kun tartibi Komissiyaning navbatdagi yigʻilishidan kechi bilan bir oy ilgari Tomonlar oʻrtasida kelishiladi.
Zaruriyat boʻlganda Komissiyaning milliy qismlari raislari, oʻzaro kelishib, navbatdan tashqari yigʻilishlarni, milliy qismlari raislarining ishchi uchrashuvlarini oʻtkazishlari mumkin.
Tomonlar Komissiya yigʻilishi oʻtkazish toʻgʻrisida va Komissiya milliy qismlari raislarining uchrashuvlari toʻgʻrisida har bir holat yuzasidan alohida qaror qabul qiladi.
Komissiya yigʻilishiga har bir Tomon kerakli sonda mutaxassislar yoki ekspertlarni taklif qilishi mumkin. Komissiya milliy qismlari raislarining oʻzaro kelishuvi asosida yigʻilish boshlanishida kun tartibiga kiritilgan masalalar ham yigʻilishda koʻrib chiqilishi mumkin.
