Sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
18.04.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Sport milliy kengashi oʻrtasida
Anglashuv memorandumi
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Misr Arab Respublikasi Sport milliy kengashi, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik aloqalarini mustahkamlash hamda ikki mamlakatning sport sohasidagi aloqalarini rivojlantirish maqsadida,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
Tomonlar turli maxsus oʻyinlarda murabbiylar almashinuvini qoʻllab-quvvatlaydi.
2-modda
Tomonlar sportni rivojlantirish dasturlari boʻyicha ikki tomon yetakchilari oʻrtasida bir haftalik tajriba almashishni qoʻllab-quvvatlaydi.
3-modda
Tomonlar sportni rivojlantirish dasturlari doirasida oʻtkaziladigan loyihalar, dasturlarda ishtirok etish uchun delegatsiyalar almashinuvini maʼqullaydi.
4-modda
Tomonlar sport sohasiga tegishli boʻlgan zamonaviy ilmiy usullar bilan tanishtiriladi hamda sportni amalda qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan ekspertlarning tashriflari bilan almashinadilar.
5-modda
Tomonlar milliy terma jamoalarining oʻzaro tashriflari almashinuvini qoʻllab-quvvatlaydilar, shu bilan birgalikda, oʻquv-seminarlari va rasmiy musobaqalar bilan almashinib, muayyan federatsiyalar tomonidan tashkil etiladigan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida qatnashadilar.
6-modda
Moliyaviy shartlar ikki davlatning sport sohasidagi dasturiga tayangan holda kelishiladi va shu dasturga asoslanib vakolatli organlar tomonidan majburiyatlarning ijro etilishi boshlanadigan sana belgilanadi.
7-modda
Ushbu Anglashuv Memorandumi imzolangan kundan kuchga kiradi va besh yil muddatga tuziladi hamda Tomonlarning birortasi Anglashuv Memorandumining amal qilish muddati tugashidan olti oy oldin uni bekor qilish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor etmasa, mazkur Anglashuv Memorandumining amal qilish muddati oʻz-oʻzidan yana besh yilga uzaytiriladi.
Qohira shahrida 2007-yil 18-aprelda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida imzolandi. Bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Anglashuv Memorandumi qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, ingliz tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
