Hukumatlararo bitimni tasdiqlash toʻgʻrisida (18-son)
13.01.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yil 4-noyabrda Xelsinki shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Finlyandiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida xalqaro avtomobil aloqasi toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Bosh vazir oʻrinbosari Q.R. Rahimov, tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov Oʻzbekiston Respublikasining mazkur Bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 13-yanvar,
18-son
