Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish haqida (1669-2-son)
26.03.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 26-martda 1669-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-sonli “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 11-son, 96-modda) 5-bandiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 30-martdagi 2-5/21, 34, EG-01/10-1702, 01-02/8-10-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxatiga (2007-yil 31-mart, roʻyxat raqami 1669 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 14-son, 149-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-mart,
42-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-mart,
25-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-mart,
NN-01/10-1620-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-mart,
01-02/8-26-son
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 24-martdagi 42, 25, NN-01/10-1620, 01-02/8-26-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar roʻyxatiga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 721 va 751-bandlar qoʻshilsin:
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 82-modda)
