“Arxitektura va shaharsozlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida (175-I-son)
22.12.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Arxitektura va shaharsozlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Arxitektura va shaharsozlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin hamda respublika vazirliklari va idoralari mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlarini va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, qonun hujjatlari “Arxitektura va shaharsozlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlaashtirilguniga qadar amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Qonunga zid boʻlmagan qismi qoʻllanilaveradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-dekabr,
175-I-son
