Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (773-25-son)
18.03.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 18-martda 773-25-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 va 51-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 17-iyuldagi 15/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”ga (2004-yil 13-avgust, roʻyxat raqami 773-17 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2004-yil, 32-son, 369-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiradi.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining oʻrinbosari M.Y. Eshmatov zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 1-mart,
6/3-son
