Respublika aholisini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qand-shakar bilan taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (52-son)
27.03.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikada qand-shakar ishlab chiqarish va sotishni koʻpaytirish hamda “Xorazm Shakar” ochiq aksiyadorlik jamiyatini moliyaviy sogʻlomlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Xorazm Shakar” ochiq aksiyadorlik jamiyati istisno tariqasida 2009-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga:
chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, mexanizmlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xomashyo hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan boshqa materiallar uchun bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan;
oʻzi ishlab chiqargan tayyor mahsulotni sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-mart,
52-son
