4-modda. Arxitektura-shaharsozlik faoliyatining obyektlari
Arxitektura va shaharsozlik toʻgʻrisida (174-I-son) · Sana: 22.12.1995 · Amalda
Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasining, viloyatlarning, aholi punktlarining hududi, ularning tizimlari va qismlari;
umumrespublika va mintaqaviy aholi joylashuvi tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik va landshaft majmuilari, tabiatni muhofaza qilish va sanoat rekreatsiya zonalari, arxitektura-shaharsozlik, arxeologiya yodgorliklari va ularning qoʻriqlanadigan zonalari, muhandislik-transport kommunikatsiyalarining suvdagi va quruqlikdagi hududlari arxitektura-shaharsozlik faoliyatining obyektlaridir.
