12-modda. Arxitektura-shaharsozlik faoliyati subyektlarining burchlari
Arxitektura va shaharsozlik toʻgʻrisida (174-I-son) · Sana: 22.12.1995 · Amalda
Arxitektura-shaharsozlik faoliyatining subyektlari:
ushbu Qonun va arxitektura-shaharsozlik faoliyati sohasidagi boshqa normativ hujjatlarning talablariga rioya etishlari;
tarixiy va madaniy boyliklarga, arxitektura yodgorliklariga, tabiiy va sunʼiy landshaftlarga zarar yetkazmasliklari, aholining yashash muhiti sifatini yomonlashtiradigan, arxitektura-shaharsozlik faoliyati boshqa subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklab qoʻyadigan xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymasliklari;
oʻzlariga mulk qilib berilgan, egalik qilish yoki foydalanish uchun berilgan yer uchastkalaridan belgilangan maqsadda arxitektura-shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlarga, mazkur hududni rejalash va qurish shart-sharoitlariga zid boʻlmagan doirada foydalanishlari;
arxitektura-shaharsozlik faoliyati boʻyicha davlat boshqaruv organlarining koʻrsatmalari va buyruq-farmoyishlarini bajarishlari shart.
