4-modda
Chegaraboʻyi viloyatlari hududida joylashgan xoʻjalik obyektlarida xizmat qiluvchi shaxslar tomonidan oʻzbek-turkman chegarasini kesib oʻtishlari toʻgʻrisida · Sana: 19.11.2004 · Amalda
Boshqa Tomon davlati hududida joylashgan va bir Tomonning xoʻjalik obyektlariga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan avtotransport, mexanizmlar hamda maxsus texnika yuboruvchi Tomondan diplomatik kanallar orqali oldindan taqdim etilgan roʻyxatlarga binoan hududida xoʻjalik obyektlari joylashgan davlat Tomonining vakolatli organlari tarafidan davlat chegarasi chizigʻida beriladigan oldindan rasmiylashtirilgan ruxsatnomalar asosida bu Tomon davlati hududiga kiradi, chiqadi va unda boʻladi.
Boshqa Tomon davlati hududida joylashgan va bir Tomonning xoʻjalik obyektlariga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan avtotransport, mexanizmlar hamda maxsus texnikasiga ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda sarf qilingan haqiqiy xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadigan roʻyxatga olish yigʻimlari undiriladi. Ruxsatnoma namunasi, uning amal qilish muddati va uni rasmiylashtirish uchun yigʻim hajmini ruxsatnomani beradigan Tomon belgilaydi hamda boshqa Tomon eʼtiboriga diplomatik kanallar orqali maʼlum qiladi.
Xoʻjalik obyektlarining ishlashi uchun zarur boʻlgan va olib kirilishi hamda olib chiqilishi lozim boʻlgan yuklar, materiallar, uskunalar va texnika toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kelishib olish maqsadida Tomonlar bir-birlariga diplomatik kanallar orqali oldindan taqdim etadilar. Tomonlar kelishuvga koʻra avtotransport, mexanizmlar va maxsus texnikaning harakat yoʻnalishini, uni joylashtirish yerini hamda yuklar, materiallar va uskunalar turadigan joyni belgilaydilar.
