Fuqarolarning oʻzaro qatnovlari va chegaraboʻyi viloyatlarida yashovchi fuqarolarga yengillashtirilgan qatnov tartibi toʻgʻrisida · Sana: 19.11.2004 · Amalda
1. Tomonlar ushbu Bitim kuchga kirgandan soʻng 30 kun davomida ushbu Bitimning amal qilishi tatbiq etiladigan hujjatlarning nusxalarini diplomatik kanallar orqali almashadilar.
2. Yangi hujjatlar kiritiladigan yoki amaldagi hujjatlarga oʻzgartishlar kiritilgan hollarda Tomonlar bir-birlarini xabardor qiladilar va yangi yoxud oʻzgartirilgan hujjatlarning nusxalarini ularning kiritilishidan kamida 30 kun ilgari diplomatik kanallar orqali yuboradilar.
3. Tomonlar diplomatik kanallar orqali xorijiy fuqarolarning kirishlari, chiqishlari, unda boʻlishlari tartiblariga oid amaldagi qonunchilik toʻgʻrisida va shu sohadagi boshqa axborotni almashadilar.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1329333
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 15-modda Fuqarolarning oʻzaro qatnovlari va chegaraboʻyi viloyatlarida yashovchi fuqarolarga yengillashtirilgan qatnov tartibi toʻgʻrisida. neolex.uz/uz/laws/law-1329335/15 (lex.uz/docs/-1329333)