Advokatlik byurolari, advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (1330-2-son)
07.03.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 7-martda 1330-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 29-fevraldagi 41, 66-mx va 2004-29-sonli qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik byurolari, advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (2004-yil 22-mart, roʻyxat raqami 1330 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 148-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 4-iyundagi 60, 20-26-02 va 2007-28-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik byurolari, advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2007-yil 11-iyun, roʻyxat raqami 1330-1 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 24-son, 253-modda).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi va Oʻzbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-fevral,
17-son
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-fevral,
20-26-4-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-fevral,
2008-05-son
Kelishilgan:
Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri v.b. A. HAITOV
Toshkent sh.,
2008-yil 31-yanvar
Oʻzbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi B. SALOMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 31-yanvar
