Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (PQ-815-son)
11.03.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tolasini respublikaning ichki isteʼmolchilariga sotishni takomillashtirish va toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 21-noyabrdagi PQ-733-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, mazkur qarorda koʻrsatilgan oʻzgartirishlar 2008-yilning 1-yanvaridan amal qila boshlagan norma va qoidalarga muvofiq kiritilmoqda.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-mart,
PQ-815-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-330-sonli qarorining 10-bandi chiqarib tashlansin.
