7-modda
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni kengaytirish toʻgʻrisida · Sana: 15.06.2004 · Amalda
Tomonlar ushbu Memorandum maqsadlarini amalga oshirish uchun hamkorlikni rivojlantirish maqsadida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha qulay shart-sharoitlarni taqdim etadilar:
— ikkala davlatning hukumat vakolatli organlari, ishbilarmon doira vakillari, turli professional uyushmalar, savdo-sanoat palatalari, ilmiy-tadqiqot institutlari oʻrtasidagi aloqalar va hamkorlikni mustahkamlash;
— turli yoʻnalishlardagi koʻrgazma, yarmarka va forumlarni tashkil etish;
— seminarlar, ilmiy simpoziumlarni tashkil etish;
— maslahatlar berish;
— ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikda kichik va oʻrta biznes subyektlarini jalb etish;
— uchinchi mamlakatlarda hamkorlikni amalga oshirish.
