1-modda
Iqtisodiy rivojlanish hamkorlik fondi (EDCF) tomonidan kredit ajratilishi toʻgʻrisida · Sana: 02.07.2004 · Amalda
1. Koreya Respublikasi Hukumati oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish loyihasini (bundan keyin “Loyiha” deb ataladi) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Iqtisodiy Rivojlanish Hamkorlik Fondi (bundan keyin “EDCF” deb ataladi) uchun hukumat agentligi boʻlgan Koreya Eksport-Import banki (bundan keyin “Bank” deb ataladi) kreditining (bundan keyin “Kredit” deb ataladi) taqdim etilishini taʼminlaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Kredit oluvchi hisoblanadi.
3. Kredit summasi Koreya vonida taqdim etiladi. Kredit summasi yigirma yetti million AQSh dollari ($27,000,000)ga teng miqdoridan oshmasligi va Kredit oluvchi bilan Bank oʻrtasida tuziladigan kredit bitimi (bundan keyin “Kredit Bitimi” deb ataladi)ning tegishli qoidalariga muvofiq belgilanishi lozim.
