9-modda. Korxona ustavi
Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida (229-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
1. Korxona ustav asosida ish olib boradi. Ustavni korxonani taʼsis etuvchi (taʼsis etuvchilar) tasdiqlaydi.
2. Korxona ustavida quyidagilar belgilab qoʻyiladi: korxonaning nomi, uning qayerda joylashganligi (pochta manzili), faoliyat turi va maqsadlari, uning boshqaruv va nazorat organlari, ularning vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani (daromadni) taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil etish va uning faoliyatini toʻxtatish shartlari.
Ustavga korxona faoliyatining xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan oʻzga qoidalar ham kiritilishi mumkin.
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalarning ustav bilan boshqarilmaydigan barcha munosabatlari ushbu Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
