34-modda. Korxonaning tijorat siri
Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida (229-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
1. Korxonaning tijorat siri deganda korxonaning ishlab chiqarishi, texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirishi, moliyasi va boshqa faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan hamda eʼlon qilish (topshirish, ochilib qolishi) uning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan davlat siri boʻlmagan maʼlumotlar tushuniladi.
2. Tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar tarkibi va hajmi, ularni himoya qilish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi.
Korxona faoliyatining turlarini (agar ular haqidagi maʼlumot tijorat siri boʻla olmasa) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi korxonalar atrof-muhitni ifloslantirayotganligi yoki jamiyatga zarar keltirishi mumkin boʻlgan boshqa salbiy faoliyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yashirishning oldini olish maqsadida belgilab qoʻyadi.
3. Korxonaning tijorat siri boʻlgan maʼlumotlarni eʼlon qilganlik, bunday maʼlumotlarni saqlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
