Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida (229-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
1. Korxona bozor talablarini, ehtimol tutilgan sheriklarning imkoniyatlarini oʻrganish, narx-navoning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi axborot asosida oʻz ishlab chiqarishining taʼminotini, bozorlarda (tovarlar, xizmatlar, moliya bozorlarida) monopoliyaga qarshi qonunlarning talablarini nazarda tutgan holda bevosita yoki vositachi orqali oldi-sotdini, mahsulot sotishni va oʻz ishlab chiqarishining taʼminotini mustaqil amalga oshiradi.
2. Bozorga oʻtish davrida davlat ehtiyojlari uchun ishlarni bajarayotgan va mahsulot yetkazib berayotgan korxonalarni davlat shu ishlarni bajarish va mahsulotni yetkazib borish uchun moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-132219
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 22-modda. Ulgurji savdo, ishlab chiqarishni taʼminlash va mahsulotni sotish Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida (229-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-132222/22 (lex.uz/docs/-132219)