19-modda. Korxona xodimining mehnat daromadlari
Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida (229-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
1. Korxona turidan qatʼi nazar, har bir xodimning mehnat daromadlari korxona ishining pirovard natijalari hisobga olinib, xodimning mehnatga qoʻshgan shaxsiy ulushi bilan belgilanadi, soliqlar bilan tartibga solinadi va eng koʻp miqdori cheklab qoʻyilmaydi.
2. Barcha turdagi korxonalar xodimlari mehnat haqining eng kam miqdori Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qoʻyiladi.
3. Mehnatga haq toʻlashning shakllari, sistemalari va miqdorini, shuningdek xodimlar daromadlarining boshqa turlarini korxona mustaqil belgilaydi.
