12-modda. Davlat bilan advokatura oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar
Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida (721-I-son) · Sana: 25.12.1998 · Amalda
Davlat har bir fuqaroning teng va erkin yuridik yordam olish huquqini taʼminlash uchun advokatura bilan hamkorlik qiladi.
Advokatura manfaatlariga daxldor masalalar davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi ishtirokida belgilangan tartibda hal etiladi.
Davlat advokaturani fuqarolar murojaat etishi uchun qulay boʻlgan joylarda zarur binolar bilan belgilangan tartibda taʼminlaydi.
Advokaturaga kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar va qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda boshqa imtiyozlar berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 25-dekabr,
721-I-son
