Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (1774-son)
27.02.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYa VA SAVDO VAZIRLIGINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 27-fevralda 1774-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining 2002-yil 31-maydagi 63, 02/8-14, 2261-son qarori bilan tasdiqlangan Yagona bojxona bojini undirish va uning summasini Davlat budjetiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2002-yil 10-iyun, roʻyxat raqami 1148 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 11-12-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining 2002-yil 1-avgustdagi 91, 02/8-22, BA-01/12-3143-son qarori bilan tasdiqlangan Yagona bojxona bojini undirish va uning summasini Davlat budjetiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (2002-yil 2-avgust, roʻyxat raqami 1148-1 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 15-16-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligining 2006-yil 12-iyundagi 50, 01-02/8-8, NN-01/10-3424-son qarori bilan tasdiqlangan Yagona bojxona toʻlovini undirish va uning summasini Davlat budjetiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2006-yil 19-iyul, roʻyxat raqami 1148-2 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 28-29-son, 285-modda).
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 20-fevral,
14-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 20-fevral,
01-02/8-7-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 20-fevral,
EG-01/10-910-son
