Oʻzbekiston Respublikasi eksperimental havo kemalarini davlat hisobiga olish qoidalariga (OʻZR AQ-46) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1452-1-son)
26.02.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 26-fevralda 1452-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi eksperimental havo kemalarini davlat hisobiga olish qoidalarini takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2005-yil 7-yanvardagi 3-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi eksperimental havo kemalarini davlat hisobiga olish qoidalari”ga (OʻzR AQ-46) (2005-yil 16-fevral, roʻyxat raqami 1452) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi H. TROBOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-yanvar,
12-son
