3-modda
Masʼuliyati cheklangan jamiyat “OʻZROSAVIA” Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasini tuzishda va uning faoliyatida hamkorlik qilish toʻgʻrisida · Sana: 07.03.2007 · Amalda
Korxona tuzishda ishtirok etadilar:
Oʻzbekiston tomonidan — “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzmaxsusimpeks” davlat korxonasi.
Rossiya tomonidan — “Oboronprom” birlashgan sanoat korporatsiyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Rosoboroneksport” federal davlat unitar korxonasi va Rossiya Federatsiyasining boshqa tashkilotlari, bunda Rossiya tashkilotlarining korxona ustav kapitalidagi umumiy hissasi 51 foizdan kam boʻlmasligi nazarda tutiladi.
Korxonani roʻyxatga olish va uning faoliyatiga litsenziya berish oʻzbek tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi oʻrnatgan tartibda amalga oshiriladi.
Tomonlar korxona majburiyatlari boʻyicha masʼul emaslar.
Korxona ishtirokchilari uning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar va oʻzlari kiritgan ulushlar qiymati doirasida korxona faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan zararlarni tavakkal qilib zimmalariga oladilar.
Korxona ishtirokchilari har yili tasdiqlanadigan biznes-rejaga muvofiq uning faoliyati samaradorligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻradilar.
