11-modda
Masʼuliyati cheklangan jamiyat “OʻZROSAVIA” Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasini tuzishda va uning faoliyatida hamkorlik qilish toʻgʻrisida · Sana: 07.03.2007 · Amalda
Ushbu Bitim besh yil muddatga tuziladi va imzolangan sanadan kuchga kiradi.
Bu muddat tugaganidan keyin ushbu Bitim, agar Tomonlardan birortasi navbatdagi besh yillik muddat tamom boʻlganga qadar kamida 6 oy ilgari boshqa Tomonni ushbu Bitim amal qilishini tugatish niyati borligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qilmasa, har safar oʻz-oʻzidan besh yil muddatga choʻzilaveradi.
Korxona faoliyatining samarasizligi bilan bogʻliq masalalar ham ushbu Bitimni amal qilish muddatidan ilgari tugatish uchun asos boʻla oladi.
Ushbu Bitim amal qilishining tugatilishi ushbu Bitimga muvofiq tuzilgan kontrakt (shartnoma)larga, hamda mazkur Bitimning 5, 6- va 8-moddalarida nazarda tutilgan Tomonlar majburiyatlariga ham daxl qilmaydi, Tomonlar erishgan boshqa kelishuvlar bundan mustasno.
Toshkent shahrida 2007-yil 7-martda ikki nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, bunda ikkala matn ham bir xil kuchga ega.
(imzolar)
