1-modda
Masʼuliyati cheklangan jamiyat “OʻZROSAVIA” Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasini tuzishda va uning faoliyatida hamkorlik qilish toʻgʻrisida · Sana: 07.03.2007 · Amalda
Tomonlar “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi davlat-aksiyadorlik jamiyati” ning “Chirchiq aviatsiya taʼmir-mexanik zavodi” shoʻba korxonasi negizida “Oʻzbekiston—Rossiya qoʻshma korxonasi “OʻZROSAVIA” (bundan keyin—korxona) masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida, taʼsis hujjatlariga muvofiq holda, (Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri)da joylashadigan va roʻyxatdan oʻtkaziladigan, Mi-8, Mi-24 rusumdagi vertolyotlarni va ularning turlarini taʼmir qilish boʻyicha oʻzbek—rossiya qoʻshma korxonasini tuzishda koʻmaklashadilar.
Korxona Mi-8, Mi-24 rusumdagi vertolyotlarni va ularning turlarini taʼmir qilish, sanoat byulletenlarida, konstruktor-texnik hujjatlarda nazarda tutilgan vertolyotlarni va ularning tizimlarini zamonaviylashtirish va boshqa taʼmir ishlarini va xizmatlarni taʼsis hujjatlariga muvofiq yoki, asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari manfaatlarini koʻzlab, Tomonlar kelishuviga va shuningdek, boshqa davlatlar manfaatlarini koʻzlab Tomonlar kelishuviga muvofiq bajarishi borasida tijorat faoliyatini yuritish uchun tuziladi.
Korxona Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatiga olingan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega boʻladi. Korxona oʻz nomidan shartnomalar (kontraktlar) tuzishga, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻlishga va majburiyatlar bajarishga, umumiy yurisdiksiya sudida, arbitraj va hakamlik sudlarida daʼvogar va javobgar boʻlishga haqli.
Korxona oʻz faoliyatini ushbu Bitim, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, korxonaning taʼsis shartnomasi va nizomiga, hamda Tomonlar davlatlarining xalqaro shartnomalariga muvofiq yuritadi.
