Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1272-2-son)
19.02.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 19-fevralda 1272-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis toʻgʻrisidagi nizomga (2003-yil 15-sentabr, roʻyxat raqami 1272 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 17-18-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun muddat oʻtgach kuchga kiradi.
3. Ushbu qaror ijrosi ustidan nazorat Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Sh. Xayrullayev zimmasiga yuklatilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 17-yanvar,
01-02/20-2-son
