7-modda
Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisida · Sana: 03.10.2006 · Amalda
Tomonlar oʻzarolik asosida quyidagi shaxslarni viza berishda konsullik yigʻimlaridan ozod qiladilar:
“Tomonlar oʻrtasidagi shartnomalarga koʻra fan, texnika, taʼlim, madaniyat, sanʼat va sport sohasidagi almashish tartibida ketayotganlarni;
Ulugʻ Vatan Urushi faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslarni, tegishli guvohnomalarini koʻrsatgan holda 1 va 2-guruh nogironlarini;
16 yoshdan kichik va 60 yoshdan katta boʻlgan fuqarolarning;
Taklif qiluvchi oʻquv muassasalarining iltimosnomalariga asosan tomonlar davlatlari hududlaridagi oʻquv muassasalari va oʻtkaziladigan kurslarda oʻqiydiganlarni.
