4-modda
Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisida · Sana: 03.10.2006 · Amalda
Tomonlar xalqaro aloqalar uchun ochiq boʻlgan oʻtkazish punktlari orqali haqiqiy va Tomonlar davlatlari milliy qonunchiligiga muvofiq tegishli ravishda rasmiylashtirilgan, chegarani kesib oʻtish huquqini beruvchi hujjatlarga ega Tomonlar davlatlari fuqarolarini uchinchi davlatlarga oʻtkazishga majbur va Tomonlarning vakolatli organlari tomonidan chiqish taqiqlangan shaxslarning uchinchi davlatlarga chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan choralar koʻradilar.
Tomonlar oʻzaro yozma roziliklariga asosan mazkur Bitimning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan hujjatlar roʻyxatidagi oʻzgarishlar yuzasidan qarorlar qabul qilishlari mumkin. Bunda, yangi hujjatlarga oʻzgartishlar kiritish holatida, Tomonlar ularning namunalarini diplomatik kanallar orqali ularni kuchga kiritishga 30 sutkadan kechiktirmasdan almashadilar.
