15-modda
Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisida · Sana: 03.10.2006 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiz Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi 2000-yil 2-iyuldagi Bitim mazkur Bitim kuchga kirish vaqtidan boshlab oʻz kuchini yoʻqotadi.
(imzolar)
2006-yil 3-oktabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomaga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Qirgʻiziston Respublikasi hududiga kirishlari, undan chiqishlari, tranzit oʻtishlari, harakatlanishlari va unda boʻlib turishlari uchun hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik diplomatik pasporti.
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti.
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashash joyiga ega maqomidagi fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti (2030-yilning 31-dekabriga qadar);
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi*.
5. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma.
Izoh:
* Mazkur roʻyxatning 4-bandida koʻrsatilgan hujjat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib, Qirgʻiziston Respublikasiga kirish hamda Qirgʻiziston Respublikasidan chiqib, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun foydalaniladi.
2006-yil 3-oktabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomaga 2-ILOVA
Qirgʻiziston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, undan chiqishlari, tranzit oʻtishlari, harakatlanishlari va unda boʻlib turishlari uchun hujjatlar
ROʻYXATI
1. Qirgʻiziston Respublikasining diplomatik pasporti.
2. Qirgʻiziston Respublikasining xizmat pasporti.
3. Qirgʻiziston Respublikasi fuqarosining pasporti (ID-kartasi)*.
4. Qirgʻiziston Respublikasi fuqarosining umumiy fuqarolik pasporti.
5. Qirgʻiziston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma.
Izoh:
* Mazkur roʻyxatning 3-bandida koʻrsatilgan hujjat Qirgʻiziston Respublikasi fuqarolari tomonidan Qirgʻiziston Respublikasidan chiqib, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib, Qirgʻiziston Respublikasiga kirish uchun foydalaniladi.
