1-modda
Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisida · Sana: 03.10.2006 · Amalda
1. Bir Tomon davlatining fuqarolari ushbu Bitimning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatib oʻtilgan haqiqiy hujjatlar boʻyicha va ushbu Bitimda koʻzda tutilgan shartlarga muvofiq vizasiz 60 sutkagacha boshqa Tomon davlati hududiga kirishlarni, chiqishlarni tranzit oʻtishlari hamda unda vaqtincha boʻlishlari mumkin.
2. Tomonlar davlatlarining fuqarolari 60 sutkadan ortiq muddatga Tomonlar davlatlari hududlariga kirish va u yerda boʻlishni koʻzlasalar, oldindan vizalarni Tomonlarning qonunchiligi bilan oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiradilar.
3. Fargʻona viloyatining Soʻx tumani va Shohimardon, Choʻngʻara (Chon-Gara), Toshtepa (Tosh-Dobo) aholi punktlarida doimiy va vaqtincha yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Qirgʻiziston Respublikasi hududida boʻlish muddatini hisoblamagan holda tranzit orqali Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati Qadamjoy tumani hududi orqali kirishlari va chiqishlari mumkin.
